Institut loyihalari doirasida 2017 yilda yangi nashrlar chop etildi

Jinoyatchilik-va-huqubuzarlik

Taylaqov N.I., Quronov M. va boshqalar. “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash va ularni tarbiyalash”. Monografiya. – Toshkent: “Kamalak” nashriyoti, 2017. –320 b.
Ushbu monografiya voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash va tarbiyalash muammolari yechimiga bag‘ishlanganbo‘lib, voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari bo‘yicha loyiha doirasida ilk kitobdir.
Monografiya ta’lim muassasalari, ota-onalar, oila, mahalla va huquqni muhofaza qilish organlari mutaxassislari faoliyatida foydalanishlariuchun mo‘ljallangan.
Mazkur monografiya FZ-2016-0910202206 – davlat qayd raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” fundamental loyihasi doirasida tayyorlangan.

 

 

Voyaga-yetmaganlar-orasida

Tayloqov N.I., Asadov Yu.M. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash mexanizmlari. Metodik qo‘llanma. -Toshkent, «Kamalak» nashriyoti, 2017 yil. 80 bet.
Mazkur metodik qo‘llanma voyaga yetmaganlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar (pedagoglar, psixolog va huquqshunoslar) uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan quyidagi jarayonlarda foydalanish mumkin: voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash;ularning turmush tarzi va hatti-harakati, muloqoti va qiziqishlar doirasi ustidan ijtimoiy nazoratni amalga oshirish; voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldiniolish bo‘yicha joylarda kompleks tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Ushbu qo‘llanma “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyiha (FZ-2016-0910202206) doirasida tayyorlangan bo‘lib, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari, psixologlari, huquqshunoslar, ilmiy tadqiqotchilar, pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.

 

 

Voyaga-yetmaganlar-urtasida

Taylaqov N.I., Xoliqova M.Q.,Tayloqova Sh.N. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida suitsid holatlarning oldini olish. Ta’lim muassasalari va amaliyotchi psixologlari uchun. Metodik qo‘llanma. Toshkent. O‘zPFITI. 2017 y. 77 bet.
Metodik qo‘llanma Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Xalq ta’limi vazirligiga yuklatilgan topshiriqqa asosan FZ-2016-0910202206 – “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida ishlab chiqilgan.

 

Uquvchilarni-kasb-hunarga

Taylaqov N.I., Akbarov B.A., Jamalov A.Q. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish texnologiyalari. Monografiya. – Toshkent: “Kamalak” nashriyoti, 2017 y. – 160 b.
Monografiyada umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish jarayonining mazmun mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, ushbu jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi bilan bog‘liq ilmiy-amaliy masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Monografiyadan 2017-2020 yillar davomida bosqichma-bosqich 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tishning ustuvor vazifalari va tamoyillari o‘rin olgan. Shuningdek, qiziquvchilar uchun qo‘llanmada O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi ilova tarzda keltirilgan.
Monografiya umumiy o‘rta ta’lim maktab amaliyotchi psixologlari, sinf rahbarlari, o‘quvchilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan.

 

Uquvchilarni-kasb-hunarga-samarali-yunaltirish

Tayloqov N.I., Akbarov B.A., Jamalov A.Q. O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmlari. Metodik tavsiyanoma. – Toshkent: “Kamalak” nashriyoti, 2017. – 64 b.
Metodik tavsiyanoma umumiy o‘rta ta’lim maktab amaliyotchi psixologlari, sinf rahbarlari, o‘quvchilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va uni amaliyotga joriy etishga qaratilgan metodik tavsiyalar keltirilgan.