Bo’limlar

“Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash” bo’limi 

  1. “Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi” bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 365-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining qarorlari, buyruqlari asosida faoliyat olib boradi. 

 “Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash” bo’limining maqsad va vazifalari 

     2.“Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash” bo’limining maqsadi Xalq ta’limi tizimi uchun yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida katta ilmiy xodim–izlanuvchi va mustaqil-izlanuvchilikka uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan oliy ma’lumotga va magistr ilmiy darajasiga ega bo’lgan iqtidorli mutaxassislarni qabul qilish,ularning ilmiy tadqiqot ishlarini nazorat qilish, doktorlik dissertatsiyasini bajarish bo’yicha barchagashart-sharoitlar yaratishdir.

  1. Ko’zlangan maqsadga muvofiq bo’lim oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
  • Katta ilmiy xodim–izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash;
  • Katta ilmiy xodim–izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilar uchun ilmiy-uslubiy seminar mashg’ulotlari, suhbatlar va uchrashuvlar o’tkazish;
  • Katta ilmiy xodim–izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarning nomzodlik doktorlik malakaviy imtihonlarini topshirishlarini tashkil etish;
  • Katta ilmiy xodim–izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarning hisobotlarini muhokama qilish;
  • Katta ilmiy xodim–izlanuvchilarning nomzodlik imtihonlarini topshirishlari uchun o’quv jarayonini tashkil etish;
  • Institutning katta ilmiy xodim–izlanuvchi va mustaqil-izlanuvchilikka qabul rejasi buyurtmasini Xalq ta’limi vazirligiga tayyorlash va taqdim etish;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida qatnashishga nomzodlar hujjatini tayyorlash va ilmiy kengashdan o’tkazish;
  • Bo’limga Katta ilmiy xodim–izlanuvchi va mustaqil-izlanuvchilikka tanlov asosida qabul qilish uchun targ’ibot ishlarini amalga oshirish;
  • Institutda Katta ilmiy xodim–izlanuvchi va mustaqil-izlanuvchilikka kirish imtihonlarini tashkil etish;
  • Bo’lim faoliyati bo’yicha yillik hisobot tayyorlash va muhokamadan o’tkazish.
  • Tanlov e’lon qilish va o’tkazish.

Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi bo’limining lavozimiy tarkibi

  1. Bo’lim tarkibi o’rnatilgan me’yorlarga ko’ra institut rahbariyati tomonidan belgilanadi va mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
  2. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati yuzasidan tashkiliy, nazorot va monitoring ishlari bo’lim boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.
  3. Bo’limning lavozimiy tarkibini shakllantirishda ularning ilmiy salohiyati, bilimi, tashkilotchilik qobiliyatlari va malakalari e’tiborga olinadi.
  4. Bo’limning vakant lavozimlariga ishga qabul qilish va bo’shatish bo’lim boshlig’ining tavsiyasi bilan institut rahbarligi tomonidan amalga oshiriladi.

Bo’lim xodimlarining  lavozim vazifalari

  1.  Bo’lim boshlig’i:
  • Institutning Katta ilmiy xodim–izlanuvchilikka qabul rejasi buyurtmasini Xalq ta’limi vazirligiga tayyorlaydi va taqdim etadi;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun ilmiy-uslubiy seminar mashg’ulotlari, suhbatlar va uchrashuvlar tashkil qiladi;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarning doktorlik malakaviy imtihonlarini topshirishlarini tashkil etadi;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlashga tavsiya etadi;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarning doktorlik malakaviy imtihonlarini topshirishlari uchun o’quv jarayonini tashkil etadi;
  • Har yili 15 maydan kechikmasdan Xalq ta’limi vazirligiga yetakchi olimlardan (fan doktorlaridan) keyingi yilda KIXI va MIchilikka kiruvchilar uchun tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalari mavzularini FTRMQning saytida e’lon qilish taqdim etadi
  • Har yili 1 sentyabrdan kechikmasdan Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilikka tanlov asosida qabul qilish uchun OAVlirida qabul haqida e’lon beradi;
  • Har yili 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha bo’lgan muddatda Katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil-izlanuvchilikka talabgorlardan hujjatlarni qabul qiladi
  • Institutda Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilikka o’rnatilgan muddatlarda dekabrь oralig’ida kirish imtihonlarini tashkil etadi;
  • Kirish imtihonlarida ijobiy natijaga erishganlarni muddatda institut katta ilmiy xodim-izlanuvchisi yoki mustaqil-izlanuvchisi sifatida ularnining dissertatsiya mavzulari va ilmiy maslahatchilarini ham ko’rsatgan holda rasmiylashtiradi;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarning hisobotlarini qabul qiladi;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarning doktorlik malakaviy imtihonlarini topshirishni tashkillashtiradi;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirgan qo’mitasining fundamental, amaliy va innovatsiya tadqiqotlarning ustivor yo’nalishlari bo’yicha institut ilmiy-tadqiqot ish rejalarini shakllantirishda qatnashadi.
  • Bo’lim faoliyati bo’yicha yillik hisobot tayyorlaydi va muhokamadan o’tkazadi.
  1.  Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarnig vazifalari :
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilikka qabul qilingandan so’ng bir oy muddatda ilmiy maslahatchi bilan birgalikda dissertatsiyani tayyorlash bo’yicha ish rejasini tuzish, institut ilmiy kengashida tasdiqlash va shu ish rejasi bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borish va uni to’liq bajarish;
  • Biriktirilgan loyixasi va bo’lim majlislarida shaxsiy ish rejasining bajarilishi to’g’risida muntazam ravishda (yiliga 4 marta) hisobot berib borish hamda yil yakunida tegishli hisobot topshirish;
  • Tadqiqot mavzusi yuzasidan pedagogik tajriba-sinov ishlarini dasturi bo’yicha o’tkazish va olib borish;
  • Dissertatsiya mavzusini OAK “Byulleteni” jurnalida e’lon qilish uchun tegishli xujjatlarni taqdim etish;
  • Ilmiy ishlar natijalarini OAK reestriga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar shaklida e’lon qilib borish, xalqaro, respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashish;
  • OAK tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq ravishda o’z vaqtida doktorlik malakaviy imtihonlarini topshirish;
  • Institutning jamoaviy tadbirlarida faol qatnashish;
  • Institutning ichki tartib, intizomiga to’liq rioya qilish;
  • Dissertatsiyasini Ixtisoslashgan kengashga himoya uchun taqdim qilish va muddatida himoya qilish.
  1.  Mustaqil-izlanuvchilar:
  • Mustaqil-izlanuvchilikka qabul qilingandan so’ng bir oy muddatda ilmiy maslahatchi bilan birgalikda dissertatsiyani tayyorlash bo’yicha ish rejasini tuzish, institut ilmiy kengashida tasdiqlash va shu ish rejasi bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borish va uni to’liq bajarish;
  • Biriktirilgan loyixasi va bo’lim majlislarida shaxsiy ish rejasining bajarilishi to’g’risida muntazam ravishda (yiliga 2 marta) hisobot berib borish hamda yil yakunida tegishli hisobot topshirish;
  • Tadqiqot mavzusi yuzasidan pedagogik tajriba-sinov ishlarini dasturi bo’yicha o’tkazish va olib borish;
  • Dissetatsiya mavzusini OAK “Byulleteni” jurnalida e’lon qilish uchun tegishli xujjatlarni taqdim etish;
  • Ilmiy ishlar natijalarini OAK reestriga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar shaklida e’lon qilib borish, xalqaro, respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashish;
  • OAK tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq ravishda o’z vaqtida doktorlik malakaviy imtihonlarini topshirish;
  • Institutning jamoaviy tadbirlarida faol qatnashish;
  • Institutning ichki tartib, intizomiga to’liq rioya qilish;
  • Dissertatsiyasini Ixtisoslashgan kengashga himoya uchun taqdim qilish va muddatida himoya qilish. 

Bo’limning ilmiy-tadqiqot faoliyati

  1. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil-izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyalarini himoyasi orqali institut hamda Respublika Xalq ta’limi tizimidagi muassasalari uchun yuqori salohiyatli ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi;
  2. Xalq ta’limi tizimining dolzarb muammolariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi;
  3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirgan qo’mitasining fundamental, amaliy va innovatsiya tadqiqotlarning ustivor yo’nalishlari bo’yicha institut ilmiy-tadqiqot ish rejalarini shakllantirishda qatnashadi.

Bo’lim faoliyatini boshqarish

  1. Bo’lim faoliyatiga bevosita rahbarlikni institut direktori tomonidan tayinlangan bo’lim boshlig’i amalga oshiradi.
  2. Bo’lim boshlig’i:
  • barcha boshqaruv organlari, muassasalar va tashkilotlarda bo’lim nomidan so’z yuritadi;
  • institut ilmiy kengashi a’zosi hisoblanadi;
  • bo’limga ishga qabul qilish va bo’shatish haqida institut rahbariyatiga takliflar beradi;
  • bo’limning moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni institut rahbari bilan kelishgan holda hal etadi;
  • institut tomonidan chiqarilgan buyruqlar, yo’riqnomalarning bajarilishini nazorat qiladi.

 

 809 Barcha ko’rishlar, 2 Bugun