“Fizika, matematika va informatika” ilmiy-uslubiy jurnali

“Fizika, matematika va informatika” ilmiy-uslubiy jurnali 2001 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti muassisligida nashr etilib kelinmoqda.
Bosh muharrir – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ayupov Shavkat Abdullayevich.
Bosh muharrir o‘rinbosari – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Musurmonov Rahmatilla Musurmonovich.
Mas’ul kotib – fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Berdiqulov Musulmonqul Abdullayevich.
Maqsad: Uzluksiz ta’lim muassasalari fizika, matematika va informatika fani o‘qituvchilariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, mutaxassis o‘qituvchilarning fanlarni o‘qitishdagi ilg‘or pedagogik innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirib borish, ularni keng ommalashtirish, talaba va o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari qiyin bo‘lgan murakkab mavzular yuzasidan amaliy yordam sifatida dars ishlanmalari berib borish;
Jurnalda umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quvchilarini fanlarga qiziqtirish, iqtidorli o‘quvchilar qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, ularni Respublika va Jahon olimpiadalariga tayyorlash maqsadida avvalgi olimpiadalarda tavsiya etilgan qiyinchilik darajalari turlicha bo‘lgan masala va misollar, qiziqarli savollar va ularning javoblari berib boriladi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini “Bilimlar bellashuvlari”, turli xil sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarga tayyorlash uchun o‘qituvchilarga tavsiyalar, fan oyliklarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar, didaktik materiallar doimiy ravishda chop etib boriladi.
Bevosita amaliyot bilan shug‘ullanuvchi, ilg‘or tajribali maktab o‘qituvchilari maqolalari navbatdan tashqari chop etiladi. Shuningdek, rus tilidagi maqolalar ham chop etiladi.

Maqolani tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilish shart:

1. Maqola A-4 formatda, 1,5 intervalda 4 betdan kam bo‘lmasligi;
2. O‘zbek, ingliz va rus tillarida qisqacha annotatsiyasi va tayanch so‘zlari bo‘lishi;
3. Maqoladagi shakl, diagramma va rasmlar sifatli bo‘lishi;
4. Matn oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bo‘lishi shart.

Jurnaldagi “ilmiy ommabop” bo‘limdan ham ilmiy, ham ommabop maqolalarni o‘qib, o‘z tafakkuringizni oshirib borsangiz, “Matematika jozibasi” rukni orqali matematika fanining naqadar jozibali, hikmatli fan ekanligi bilan tanishib borasiz. “Ilg‘or tajriba va o‘qitish metodikasi” bo‘limi Sizga kasbdoshlaringizning innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida to‘plagan tajribalari bilan tanishib, ta’lim berishning zamonaviy metodlaridan amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘lasiz. “Olimpiada va masalalar” bo‘limi iqtidorli o‘quvchilarga asqotib, ular qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, “Talab, taklif va tahlil” bo‘limi o‘z nomiga mos bo‘lgan ilmiy-uslubiy maqolalarni qamrab oladi. Jurnal ikki oyda bir marta nashr etiladi.
Jurnal 2008 yildan buyon Oliy Attestatsiya komissiyasining pedagogika fani bo‘yicha ro‘yxatiga kiritilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun ilmiy maqolalar ham chop etiladi.
Jurnal tahririyatida katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan salohiyatli olimlar faoliyat olib borishadilar.
Shuningdek, fizika-matematika fanlari doktorlari, professorlar A’zamov Abdulla A’zamovich, Tursunmetov Komiljon Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor Taylaqov Norbek Isaqulovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Berdiqulov Musurmonqul Abdullayevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Musurmonov Rahmatillalar faoliyat olib borishadilar.
Jurnal “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida nashr etiladi. Jurnal O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 0103 raqam bilan 2007 yil 3 yanvarda ro‘yxatga olingan.

Tahririyatning yillik obuna narxi – 96000 so‘m.
Jurnalni mazmunan takomillashtirish maqsadida mutaxassis o‘qituvchilarning taklif va mulohazalari albatta e’tiborga olinadi.
Jurnal indeksi: Yakka obunachilar uchun – 991
Tashkilot va muassasalar uchun – 992
Obuna yil davomida davom etadi.
Tel.: +99890 922-63-91
E-mail: fizmat_jurnali@inbox.uz